Joylar katalogi

Lashkerek o'rmoni
Toshkent
Joy haqida
Lashkerak o‘rmoni — shahardan uzoqlashib, jimlikni his qiladigan joylardan biri. Bu yerda baland archa daraxtlari, nam havo, qushlarning ovozi va tog‘ nafasi bor. Yo‘l davomida ko‘zingiz doim yashillikka tushadi. Ba’zi joylari tuman bilan qoplanadi va atmosfera yanada boshqacha bo‘lib ketadi. Telefon signalini unutib, shunchaki yurishni xohlaysiz. O‘rmon ichi trekking uchun ham yaxshi. Ayniqsa ertalab yoki yomg‘irdan keyingi havo juda yoqimli bo‘ladi. Agar shahar shovqinidan charchagan bo‘lsangiz, bir kuningizni shu yerga ajratib ko‘ring. Lashkerak — tabiat bilan yolg‘iz qolish mumkin bo‘lgan joylardan.
Qanday borish
Toshkent - Angren