Joylar katalogi
O'zbekistonning eng go'zal shahar va tabiat joylarini kashf eting

Badak ko‘llari
Toshkent
Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ining haqiqiy durdonalaridan biri hisoblangan Badak ko‘li dengiz sathidan 1700 metr balandlikda joylashgan noyob maskanlardan biridir. Ushbu hududga tashrif davomida sayyohlar bir joyning o‘zida turli ranglarda tovlanadigan 3 ta tog‘ ko‘lini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ko‘l sari yo‘l Piskom daryosining irmog‘i sanalgan Badaksoy daryosi darasi orqali davom etadi. Tiniq va shiddat bilan oqadigan soy, baland tog‘lar va yovvoyi tabiat manzaralari yo‘lning har bir qismini unutilmas qiladi. Badak ko‘lining eng hayratlanarli jihatlaridan biri uning kun davomida rangini o‘zgartirib turishidir. Erta tongda ko‘l suvi och yashil rangda tovlanadi, tushga yaqin moviy-ko‘k tusga kiradi, quyosh botishi oldidan esa suv yuzasi kumushrang jiloga burkanadi. Maskan o‘zining sokin muhiti, sof havosi va tog‘lar bag‘ridagi betakror manzaralari bilan har bir sayyohni maftun etadi. Bu yerga bir bor tashrif buyurgan inson yana qayta kelishni istab qolishi bejiz emas. Badak ko‘liga olib boruvchi ikki xil marshrut mavjud. Sayohat davomida odatda ko‘pchilik foydalanadigan oddiy yo‘ldan emas, balki uzoqroq, ammo ancha manzarali va haqiqiy trekking kayfiyatini bera oladigan yo‘nalish tanlanadi.
0 ta tur mavjud

Ispay sharsharasi - Piskom tizmasi
Toshkent
Ushbu yo‘nalish faol trekkingni xush ko‘ruvchilar uchun mo‘ljallangan. Sayohat davomida Piskom tog‘lari bo‘ylab harakat qilinadi — yong‘oqzor o‘rmonlar, salqin so‘qmoqlar va shovullab oqayotgan soylar yo‘lga alohida zavq bag‘ishlaydi. Asosiy marshrut o‘rmon va soy yoqalab o‘tadi, shu sababli yo‘l juda bahavo, ko‘m-ko‘k va yozning jaziramasidan keyin ayni muddao. Soy suvi juda tiniq va ichishga yaroqli. Ispay sharsharasi dengiz sathidan 1700 metr balandlikda, Ispaysoy daryosida joylashgan bo‘lib, balandligi taxminan 10 metrga yetadi. Sharsharadan yuqoriroqda esa tog‘ bag‘ridagi qor va muzlardan hosil bo‘ladigan ulkan soy toshlar orasidan otilib chiqadi — bu manzarani so‘z bilan tariflash qiyin.
1 ta tur mavjud

Kichik Chimyon cho'qqisi
Toshkent
Sayohatchilar orasida mashhur bo‘lgan va yil davomida ko‘plab sayyohlar tashrif buyuradigan Kichik Chimyon cho‘qqisi hamda sharsharalari bilan tanilgan Gulkam daralari navbatdagi trekking manzillaridan biridir. Dengiz sathidan 2099 metr balandlikda joylashgan Kichik Chimyon cho‘qqisidan Chorvoq suv ombori, Katta Chimyon va Obiqashqa cho‘qqilari, shuningdek Ko‘ksuv, Piskom va Ugom tog‘ tizmalarining hayratlanarli manzarasi namoyon bo‘ladi. Ushbu trekking marshruti davomida sayohat Kichik Chimyon cho‘qqisidan boshlanib, Pesochniy dovoni orqali qayinzorlar orasidan Gulkam daralariga qarab davom etadi. Yo‘lning eng qiziqarli qismlaridan biri esa arqon yordamida Gulkam sharsharalariga tushish hisoblanadi. Xohlovchilar sharsharalarning toza va salqin suvlarida cho‘milish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. • Yurish masofasi: umumiy 12 km • Ko‘tarilish balandligi: 500 metr • Qiyinlik darajasi: o‘rtacha • Marshrut turi: aylanma Trekking davomida ishtirokchilardan qulay kiyim, krasofka va o‘z tabiga mos yegulik olish tavsiya etiladi. Marshrut tog‘ga birinchi marta chiqayotganlar uchun ham mos bo‘lib, ortiqcha vazn bo‘lmasa deyarli barcha uchun tavsiya etiladi.
0 ta tur mavjud

Lashkerak o'rmoni
Toshkent
Lashkerek o‘rmoni Toshkent viloyatidagi eng qiziqarli tabiiy maskanlardan biri hisoblanadi. Bu joy ko‘proq trekking, piyoda sayohat va tabiat qo‘ynida dam olishni yoqtiradigan odamlar orasida mashhur. O‘rmon Chimyon va Bo‘stonliq tomondagi tog‘li hududlarga yaqin joylashgan bo‘lib, ayniqsa bahor va yoz faslida juda chiroyli ko‘rinishga kiradi. Daraxtlar, tog‘ havosi, sokin muhit va tabiat manzaralari bu joyni shahardagi shovqindan uzoqlashish uchun yaxshi variantga aylantiradi. Lashkerek o‘rmonining asosiy jihatlaridan biri — uning tabiiy va uncha tijoratlashmagan atmosferasi. Bu yerda yirik attraksionlar yoki ko‘p sonli kafelar yo‘q. Shu sababli odamlar bu hududga ko‘proq haqiqiy tabiat hissini olish uchun boradi. Sayohat davomida tor so‘qmoqlar, baland daraxtlar, kichik soylar va tog‘ yo‘llari uchraydi. Ayrim joylarida telefon aloqasi ham sust ishlashi mumkin, bu esa ko‘pchilik uchun dam olish hissini kuchaytiradi. Trekking qilishni yoqtiradiganlar uchun Lashkerek yaxshi marshrutlardan biri sanaladi. Yo‘llar juda ekstremal emas, lekin ayrim qismlarida ko‘tarilish va notekis joylar mavjud. Shu sababli qulay oyoq kiyim va suv olib chiqish tavsiya qilinadi. Bahor mavsumida o‘rmon atrofi yashillikka burkanadi, yozda esa daraxt soyasi sabab havo nisbatan salqin bo‘ladi. Kuz faslida barglarning rang o‘zgarishi o‘rmonni yanada chiroyli qiladi. Bu hudud fotosurat olish uchun ham yaxshi joy hisoblanadi. Ayniqsa tong yoki quyosh botishiga yaqin paytda o‘rmon juda atmosferali ko‘rinadi. Ko‘plab sayohatchilar va kontent yaratuvchilar bu yerga tabiat videosi yoki suratlar olish uchun tashrif buyuradi. Agar siz shahar hayotidan biroz uzoqlashib, tinchlik va toza havoni his qilishni istasangiz, Lashkerek o‘rmoni yaxshi tanlov bo‘lishi mumkin. Sayohatni rejalashtirganda ob-havoni oldindan tekshirish foydali bo‘ladi. Yomg‘irdan keyin ayrim yo‘llar sirpanchiq bo‘lishi mumkin. Erta tongda yo‘lga chiqish esa havoning salqinroq va yoqimli bo‘lishiga yordam beradi. Lashkerek o‘rmoni tabiatni sevuvchi odamlar uchun oddiy, sokin va esda qoladigan joylardan biri hisoblana
0 ta tur mavjud

Nefrit ko'lllari
Toshkent
Urungach ko'llari Nefrit ko‘li Toshkent viloyatidagi eng chiroyli tabiiy joylardan biri hisoblanadi. Bu joy ko‘proq trekking, tog‘ sayohati va tabiat qo‘ynida dam olishni yoqtiradigan odamlar orasida mashhur. Ko‘l o‘zining yashil rangga yaqin tiniq suvi sabab “Nefrit” deb ataladi. Ayniqsa quyoshli havoda suv rangi juda chiroyli ko‘rinadi va ko‘pchilikni o‘ziga jalb qiladi. Nefrit ko‘liga borish odatda trekking orqali amalga oshiriladi. Yo‘l davomida tog‘ manzaralari, toshli so‘qmoqlar va toza havo sayohatni yanada qiziqarli qiladi. Marshrut ayrim joylarda qiyin bo‘lishi mumkin, shu sababli qulay oyoq kiyim va suv olib chiqish muhim hisoblanadi. Bahor va yoz faslida bu hudud ayniqsa chiroyli ko‘rinishga kiradi. Ko‘l atrofi sokin va tabiiy muhitga ega. Bu yerga odamlar ko‘pincha shahar shovqinidan dam olish, surat va video olish yoki do‘stlari bilan vaqt o‘tkazish uchun keladi. Ayrim sayohatchilar piknik ham qilishadi, lekin hudud tozaligini saqlash muhim hisoblanadi. Nefrit ko‘li professional turistik maskan emasligi sababli bu yerda infratuzilma deyarli yo‘q. Shu sababli kerakli narsalarni oldindan tayyorlab olish kerak bo‘ladi. Telefon aloqasi ayrim joylarda sust ishlashi mumkin. Ob-havoni ham oldindan tekshirish foydali, chunki yomg‘irdan keyin yo‘llar sirpanchiq bo‘lib qoladi. Bu joy tabiatni, tog‘larni va trekkingni sevuvchi odamlar uchun yaxshi sayohat variantlaridan biri hisoblanadi. Oqartirilmagan tabiiy manzarasi va sokin muhiti sabab Nefrit ko‘li ko‘pchilikda kuchli taassurot qoldiradi.
0 ta tur mavjud