Joylar katalogi
Kichik Chimyon cho'qqisi

Kichik Chimyon cho'qqisi

Toshkent

Joy haqida

Sayohatchilar orasida mashhur bo‘lgan va yil davomida ko‘plab sayyohlar tashrif buyuradigan Kichik Chimyon cho‘qqisi hamda sharsharalari bilan tanilgan Gulkam daralari navbatdagi trekking manzillaridan biridir. Dengiz sathidan 2099 metr balandlikda joylashgan Kichik Chimyon cho‘qqisidan Chorvoq suv ombori, Katta Chimyon va Obiqashqa cho‘qqilari, shuningdek Ko‘ksuv, Piskom va Ugom tog‘ tizmalarining hayratlanarli manzarasi namoyon bo‘ladi. Ushbu trekking marshruti davomida sayohat Kichik Chimyon cho‘qqisidan boshlanib, Pesochniy dovoni orqali qayinzorlar orasidan Gulkam daralariga qarab davom etadi. Yo‘lning eng qiziqarli qismlaridan biri esa arqon yordamida Gulkam sharsharalariga tushish hisoblanadi. Xohlovchilar sharsharalarning toza va salqin suvlarida cho‘milish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. • Yurish masofasi: umumiy 12 km • Ko‘tarilish balandligi: 500 metr • Qiyinlik darajasi: o‘rtacha • Marshrut turi: aylanma Trekking davomida ishtirokchilardan qulay kiyim, krasofka va o‘z tabiga mos yegulik olish tavsiya etiladi. Marshrut tog‘ga birinchi marta chiqayotganlar uchun ham mos bo‘lib, ortiqcha vazn bo‘lmasa deyarli barcha uchun tavsiya etiladi.

Qanday borish

Kichik Chimyon va Gulkam daralariga Toshkent viloyatining Chimyon hududi orqali boriladi. Sayohat avtomobil orqali Chimyon tog‘larigacha davom etadi, undan keyin trekking boshlanadi. Marshrut Kichik Chimyon cho‘qqisi, Pesochniy dovoni va qayinzorlar orqali Gulkam daralarigacha davom etadi. Yo‘lning ayrim qismlarida arqon yordamida tushiladi. Hududga odatda shaxsiy avtomobil yoki tur operatorlari bilan boriladi.

Eng yaxshi borish vaqti

Aprel - Sentabr

Tavsiya etilgan turlar

Shu hudud bo'yicha avtomatik tanlangan turlar

0 ta tur mavjud